Toshkentda bedarak yo‘qolgan 17 yoshli yigit 6 kundan beri qidirilmoqda - foto

Toshkentda bedarak yo‘qolgan Ibrohim Meliyev qidirilmoqda - Toshkent shahar IIBB.
Sputnik
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Toshkentda bedarak yo‘qolgan Ibrohim Meliyev qidirilmoqda, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, 2004-yilda tug‘ilgan Meliyev Ibrohim Shavkata o‘g‘li 17-aprel kuni soat 18.00 da Toshkent sh., Sergeli tumani, Ko‘yliq 6 massivi, 4-uy manzili bo‘yicha joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.
Belgilari: bo‘yi 155-160 sm, sochlari qora, ko‘zlari qora, tanasi o‘rtacha, lablari o‘rtacha.
Kiyimlari: qizil futbolka, qora djinsi shim.
Alohida belgilari: 2-guruh nogironi, qo‘ltiqtayoq bilan harakatlanadi.
MeliyevIbroxim Shavkat ugli
Ibrohim Meliyev qayerdaligi haqida ma’lumot bo‘lsa, ichki ishlar organlariga yoki 102 raqami orqali xabar berish so‘ralgan.