Rossiya 10 nafar AQSh elchixonasi xodimlarini chiqarib yuboradi

Rossiya AQShning xatti-harakatlariga javoban Moskvadagi 10 nafar amerikalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuboradi.
Sputnik
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Rossiya 10 nafar amerikalik diplomatlarni persona non grata deb e’lon qildi. Ular mamlakatni bir oy ichida, 21-mayga qadar tark etishlari lozim.
Qaror Rossiyaning AQShdagi elchixonasi va bosh konsulxonasidagi rossiyalik diplomatlarga qarshi “Amerika tomonining dushmanlarcha xatti-harakatlariga” javob tariqasida qabul qilingan, deyiladi Rossiya TIV bayonotida.
AQSh sanksiyalar yordamida o‘z yetakchiligini yo‘q qilmoqda
Vazirlik xabariga ko‘ra, tegishli nota AQSh elchisining o‘rinbosari Bartl Gormanga topshirilgan. Avvalroq u Rossiya TIV chaqirtirilgan edi.
Rossiya tashqi siyosiy idorasi yaqin kunlarda AQShning so‘nggi Rossiyaga qarshi sanksiyalari to‘lqiniga javob tariqasida boshqalar choralarni ko‘rishga va’da bergan.
Avvalro AQSh prezidenti Jo Bayden 15-aprel kuni Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekkan edi. Unda AQSh Rossiya elchixonasida ishlayotgan 10 nafar diplomatni jo‘natib yuborishi ham ko‘zda tutilgan.