Putin siyosatda belgilangan chegaralarni kesib o‘tayotgan ayrim mamlakatlarni ogohlantirdi.
“Biz haqiqatdan ham munosabatlarni uzishni istamaymiz. Biroq agar kimda-kim ezgu niyatlarimizni loqaydlik yoki zaiflik sifatida qabul qilsa va o‘zi munosabatlarni uzishni niyatida bo‘lsa, u Rossiyaning javobi asimmetrik, tezkor va o‘ta keskin bo‘lishi bilib qo‘ymog‘i darkor”, - dedi Rossiya yetakchisi.
Putin Rossiya xavfsizligiga tahdid qilayotgan ig‘vogarlar “shunday pushaymon bo‘lishadiki, shu paytgacha ular bunday afsuslanish nimaligini bilishmagan” deb qo‘shimcha qildi.