Novosibirskda MDH fuqarosi terrorchilikni moliyalashtirgani uchun 8,5 yilga qamaldi

Ushbu shaxs, Suriya va Afg‘oniston hududida faoliyat yuritayotgan terrorchi tashkilot a’zolari bilan faol aloqada bo‘lgan va tizimli ravishda ularga pul yuborib turgan.
Sputnik
TOShKENT, 22 apr – Sputnik. Novosibirs Birinchi Sharqiy harbiy sudi ushbu shaharda yashayotgan MDH respublikalaridan birining fuqarosiga Suriya va Afg‘onistonda terrorchilikni moliyalashtirgani uchun 8,5 yil qamoq jazosi berdi.

“Novosibirsk viloyati bo‘yicha FXX boshqarmasi tomonidan "Katiba Tauxid val-Djixad*" terrorchilik tashqiloti tarafdori, Novosibirskda yashayotgan fuqaro Akbar Pardayev faoliyatiga chek qo‘yildi", - deyilgan xabarda.

Tergovda ma’lum bo‘lishicha, MDH respublikalaridan birining fuqarosi bo‘lgan ushbu shaxs, Suriya va Afg‘oniston hududida faoliyat yuritayotgan terrorchi tashkilot a’zolari bilan faol aloqada bo‘lgan.
"2019 yilda doimiy ravishda terrorchi tashkilotlarni moliyalashtirish maqsadida ularga pul jo‘natib turgan. Ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqaro terrorchi guruhlar bilan aloqada bo‘lgan, terrorchilik faoliyatini targ‘ib qilgan va “jihodda” ishtirok etish uchun terrorchilar tasarrufidagi hududlarga chiqishni rejalashtirgan”, - deyilgan xabarda.
FXX tomonidan A.Pardayevga nisbatan Rossiya JKning 205.1 moddasining 1.1 qismiga ko‘ra (Terrorchilik faoliyatiga yordam berish, terrorchilikni moliyalashtirish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va Novosibirsk Birinchi Sharqiy harbiy sudi tomoidan Pardayev 8,5 yil qamoq jazisiga mahkum qilingan. Ulardan uch yili qamoqda va 5,5 yili – qattiq tartibli koloniyada o‘tadi, deyilgan xabarda.
* Katiba Tauxid val-Djixad - Rossiyada ta’qiqlangan terrorchilik uyushmasi.