TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Rossiya Federatsiyasining ko‘plab ish beruvchi korxonalariga fuqarolarni tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish maqsadida bu korxonalar vakillari ishtirokida fuqarolar qator viloyatlarda tanlovdan o‘tkazildi.
Tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolar Rossiyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilmoqda.
139 grajdan Uzbekistana viexali na rabotu v RF
© Agenstvo trudovoy migratsii
Ana shunday fuqarolardan 139 nafari Omsk viloyatidagi “Limakmarashstroy” MChJda ishlash uchun Toshkent xalqaro aeroportidan jo‘nab ketdi.
Rossiyada ishlash uchun ketayotgan fuqarolarga aeroportda tegishli tushuntirishlar berilib, mehnat migrantlari huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan materiallar tarqatildi.
139 grajdan Uzbekistana viexali na rabotu v RF
© Agenstvo trudovoy migratsii
Migrantlar belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda qurilish obyektlarida ish boshlaydi.