TOShKENT, 21 apr – Sputnik. RF prezidenti Vladimir Putin chorshanba kuni Federal kengashga murojaat yo‘llaydi, kutilishicha, davlat rahbari tizimli qo‘llab-quvvatlov choralari haqida to‘xtalib, pandemiyadan so‘ng davlat rivojlanishi yo‘nalishlarini belgilab beradi.
Xuddi bir yil avvalgidek tadbir "Manej" Markaziy ko‘rgazmalar zalida bo‘lib o‘tadi. Hukumat a’zolari, deputat va senatorlar, shuningdek, gubernatorlik korpuslari ushbu tadbirga taklif etilgan.
Pandemiya sharoiti tufayli matbuotning tadbirdagi ishtiroki tartibi biroz shzgargan: jurnalistlar uch marta koronavirusga test topshirib, manfiy deb topilgan natijani olishlari kerak edi.
Murojaat Moskva vaqti bilan 12.00da boshlanadi.
Prezident chiqishi asosiy telekanallarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etiladi, ammo efir vaqti 1 soat etib cheklangan.
Putin 11-mart sanasida murojaat ustida ish boshlaganini aytgan edi.
Oxirgi ikki kunda prezident ommaviy tadbirlarni o‘tkazmagan, matn ustida ishlagan.
Dushanba kuni kechki vaqt Putin so‘nggi kunlarda bosh vazir, bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlar bilan doimiy aloqada bo‘lganligini, "ular ayrim muhim yo‘nalishlarda nuqta qo‘yish uchun kelishuvga kelishga yaqinligini" ma’lum qilgan edi.
Ekspertlarning aksariyati prezident murojaati "postkovid" xarakteriga ega bo‘ladi, deya fikr bildirganlar.