Toshkentdagi Anhor kanalidan noma’lum erkak jasadi topildi

Ochistka dna vodoyema ot musora
Anhor kanalida noma’lum erkak jasadi topildi.
Sputnik
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Labzak mahallasidan oqib o‘tuvchi Anhor kanalida noma’lum erkak jasadi topildi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Prazdnovanie Uraza-bayram
Masjidda telefon o‘g‘irlandi. 23 yoshli erkak ushlandi
Voqea joyiga yetib borgan Shayxontohur tumani prokurori rahbarligidagi tezkor tergov guruh tomonidan murdani ko‘zdan kechirish jarayonida unda kuch ishlatish holatlari va tan-jarohatlari aniqlanmagan.
Surishtiruv harakatlari davomida 21-aprel kuni qo‘l barmoq izlarini tekshirish orqali murdaning shaxsi aniqlangan.
Marhumning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Holat yuzasidan tergov oldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.