Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida aviareyslar soni ko‘paydi

Dushanbe-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha parvozlar ochilishini e’lon qildi.
Sputnik
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Dushanbe-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha parvozlar ochilishi e’lon qildi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston “Somon Eyr” aviakompaniyasi matbuot markaziga asosan.
Endi parvozlar haftada 2-marta - dushanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Dushanba kuni Tojikiston poytaxtidan uchish vaqti soat 09:30, Toshkentdan mahalliy vaqt bilan soat 11:50da amalga oshiriladi. Juma kuni Dushanbedan parvoz ertalab soat 09:20da, Toshkentdan soat 11.20da amalga oshiriladi.
Tojikistonda ayol-militsionerlar yangi formada ish boshlaydi - foto
O‘zbekiston tomonining talabiga asosan chet eldan kelgan barcha yo‘lovchilar parvozdan 72 soat oldin koronavirusga PSR-testdan o‘tishlari kerak. Hujjat rus yoki ingliz tillarida bo‘lishi kerak. Test 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga taalluqli emas.
Bu shartlar bajarilmagan holatda va COVID-19 alomatlari bo‘lgan yo‘lovchilar ro‘yxatga olinmaydi va samolyotga qo‘yilmaydi.
Shuningdek, O‘zbekistondan Tojikistonga uchadiganlar uchun ham xuddi shunday koronavirus infeksiyasi yo‘qligi haqida ma’lumotnoma (PSR-test) bo‘lishi kerak (3 yoshgacha bo‘lgan bolalar bundan mustasno).
Toshkentdan Dushanbeda sayohat qilayotgan chet elliklarda Tojikiston vakolatli organidan kirish uchun ruxsatnoma yoki viza va COVID-19 yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma bo‘lishi kerak.