Qozog‘istonda yangi qurilgan ko‘p qavatli uy qulay boshladi – video

Ko‘p qavatli uy bundan ikki yil avval foydalanishga topshirilgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Qozog‘istonning Ust- Kamenogorsk shahrida ko‘p qavatli uy tom ma’noda qulay boshladi.
Lavhada uy devori orasidan qum qanday to‘kilayotganini ko‘rish mumkin.
Ta’kidlash joizki, bino yaqinda qurib bitkazilgan. Xonadon egalari 2019-yilda o‘z kalitlariga ega bo‘lishgandi.
Yangi bino qulayotgani haqida mahalliy dekabrdayoq shikoyat qilishgan edi. Hozir mas’ullar holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda.