TOShKENT, 21 apr — Sputnik. “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 12 mln so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilandi.
Mazkur farmonni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Shuningdek, karantin qoidalariga rioya qilgan holda Vatan ozodligi va shon-sharafi himoyachilariga bag‘ishlangan maxsus uchrashuvlar va madaniy-ma’rifiy kechalar o‘tkaziladi.