TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 118 nafar fuqaro “Dovud ota” chegara posti orqali yirik qurilish obyektlarida belgilangan epidemiologik talablarga rioya qilgan holda ishlash uchun Qozog‘iston Respublikasining Aqtau shahriga tashkillashtirilgan holda jo‘nab ketdi.
118 grajdan Uzbekistana viexali na rabotu v Kazaxstan
© Agentstvo vneshney trudovoy migratsii
Fuqarolarga xorijda ishlash davrida qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan vaqtda huquqiy yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan tarqatma materiallar berildi.
118 grajdan Uzbekistana viexali na rabotu v Kazaxstan
© Agentstvo vneshney trudovoy migratsii
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ko‘plab salohiyatli ish beruvchi kompaniyalar va vakolatli tashkilotlar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Muzokaralar natijasida erishilgan kelishuvlarga muvofiq chet elda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar qurilish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish kabi sohalariga ishga jalb etilmoqda.