"Uzbekistan airways" va "Uzbekistan airports" transformatsiya qilinadi

Mahalliy aviaqatnovlar soni haftasiga hozirgi 17 tadan 49 tagacha oshiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 20 apr - Sputnik. “Uzbekistan airways” kompaniyasi va uning tarkibidagi tashkilotlarda ish o‘rinlarini optimallashtirish, foydalanilmayotgan 12 ta samolyotni tasarrufdan chiqarish, aviachiptalarni xorijda sotish bo‘yicha agentlar komissiyasi foizini tushirish mo‘ljallanmoqda.
“Uzbekistan Airways” Moskvaga chipta narxi necha puldan oshmasligini ma’lum qildi
""Uzbekistan airways" xarajatlari 46,5 mln dollarga qisqartiriladi, foydalanilmayotgan 12 ta samolyot tasarrufdan chiqariladi, aviachiptalarni xorijda sotish bo‘yicha agentlar komissiyasi foizi tushiriladi, daromadlar yiliga 40 mln dollarga ko‘paytiriladi. Talab kam bo‘lgan yo‘nalishlarda biznes klass bekor qilinib, o‘rindiqlar soni ko‘paytiriladi. 4 ta A-320 samolyotida loukoster, ya’ni arzon qatnovlar tashkil etiladi", - deyiladi xabarda.
Mahalliy aviaqatnovlar soni haftasiga hozirgi 17 tadan 49 tagacha oshiriladi.
“Uzbekistan airports” tarkibidagi 11 ta aeroport yagona boshqaruv organi tasarrufida birlashtiriladi. Xarajatlari 32 foizdan 15 foizga tushiriladi, xaridlari optimallashtiriladi, aeroport xizmatlari uchun yig‘imlar 27 foizga, jumladan, ziyorat turizmi doirasida 50 foizgacha kamaytiriladi.