Toshkentda “Nexia-3” va “Matiz” to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

To‘qnashish oqibatida Samarqand viloyatidan bo‘lgan 23 yoshli “Nexia-3” haydovchisi A.Z. va 25 yoshli “Matiz” haydovchisi B.N. halok bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Toshkent shahrida “Nexia-3”va “Matiz” avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
YTH 19-aprel kuni soat 23:30 larda Beruniy ko‘chasida, “Tinchlik” metro bekati oldida sodir bo‘lgan. To‘qnashish oqibatida Samarqand viloyatidan bo‘lgan 23 yoshli “Nexia-3” haydovchisi A.Z. va 25 yoshli “Matiz” haydovchisi B.N. halok bo‘lgan. “Nexia-3” yo‘lovchisi 24 yoshli M.T. tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Ozarbayjon fuqarosi Toshkentda halok bo‘ldi
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, “Nexia-3” haydovchi juda katta tezlikda harakatlangan. Natijada esa qarama-qarshi yo‘l chiqib ketib, “Matiz”ga borib urilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘lishiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.