Rossiya kompaniyalari O‘zbekistonda avtomobil yig‘ishni yo‘lga qo‘yishi mumkin

Rossiya kompaniyalari O‘zbekistonda avtomobillar yig‘ish yo‘lga qo‘yish masalasini o‘rganmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Rossiya kompaniyalari O‘zbekistonda avtomobillar yig‘ish yo‘lga qo‘yish masalasini o‘rganmoqda. Bu haqda "Rossiyskaya gazeta" Rossiya eksport markazi (REM) ma’lumotlariga asoslanib xabar qildi.
"So‘nggi bir necha yil ichida O‘zbekiston bozori jadal o‘sib bormoqda. Rossiya ishlab chiqaruvchilar, shu jumladan lokalizatsiya qilingan global brendlarining sotish hajmini oshirishga muvaffaq bo‘lishdi", - deb tushuntirishdi REMda.
O‘zbekistonda Kia avtomobillarini sotish boshlandi
Rossiya Federatsiyasi kompaniyalari O‘zbekistonda avtomobillarni yig‘ishni tashkil etish bo‘yicha ish olib borayotganligini ta’kidladilar.
Statistik ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili O‘zbekiston Rossiya avtomobillarini import qilish bo‘yicha 3-o‘rinni egalladi. RF avtomobil zavodlari respublikaga 5078 dona avtomobil yetkazib berildi.