TOShKENT, 20 apr — Sputnik. 12 aprel kuni Uchtepa tumani IIO FMBga 29 yoshli Mirjalol X. murojaat qilib, masjidda bo‘lganida 1.200.000 so‘mlik telefoni o‘g‘irlanganini ma’lum qildi. Bu haqda Toshkent IIBB matbuot xizmati xabar qildi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 169 moddasi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Ko‘rilgan choralar davomida gumonlanuvchi – 23 yoshli Jasur T. qo‘lga olindi.
Tergov davom etmoqda.