Germaniya “Shimoliy oqim-2” qurilishi tarafdori – Merkel

"ShO-2" atrofida paydo bo‘lgan barcha tortishuvlar – Moskva va Yevropa malakatlari orasidagi siyosiy kurash oqibatidir, -.
Sputnik
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Germaniya “Shimoliy oqim-2” qurilishi va Rossiya bilan savdo munosabatlarini rivojlantirish tarafdori dedi Angela Merkel Yevoropa Ittifoqi parlamentlar assambleyasi (PASE) yig‘ilishida.
Merkel aytishiga ko‘ra, ushbu loyiha atrofida paydo bo‘lgan barcha tortishuvlar – Moskva va Yevropa malakatlari orasidagi siyosiy kurash oqibatidir.
“Aytmoqchiman-ki, “Shimoliy oqim-1” orqali kelayotgan gaz yoki Ukraina yoki Turkiya orqali o‘tgan gaz quvuridan kelayotgan gazdan yomon emas”, - dedi Merkel.
Germaniya kansleri aytishiga ko‘ra, 2019-yilda qabul qilingan gaz direktivasiga ko‘ra, unga Uchinchi energopaket qoidalarini tatbiq etish yoki etmaslikni dengiz orqali gaz quvuri kirib kelgan Yevropa davlatining o‘zi hal qiladi.
Rossiya Davlat Dumasining energetika qo‘mitasi rahbari Pavel Zavalniy “Shimoliy oqim-2” yoz oxiriga qadar qurib bitkazilishini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, “Shimoliy oqim-2” yiliga 55 milliard metr kub gaz o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lga ikkita gaz quvuridan iborat bo‘lib, Rossidan boshlanadi va Boltiq dengizi orqali Germanya hududiga qadar yetib boradi.
Hammasi Moskvaning “o‘zini tutishiga” bog‘liq: nemislar “Shimoliy oqim-2”ni to‘xtatadimi?
AQSh ushbu loyihaga keskin qarshi chiqmoqda va 2019-yilning dekabridan boshlab loyihada ishtirok etayotgan barcha kompaniyalarga qarshi qattiq sanksiyalar qo‘llay boshlagan. Oqibatda Shveysariyaning quvur yotqizuvchi Allseas kompaniyasi ishini to‘xtatishga majbur bo‘lgan edi.
Rossiya ushbu loyihadan faqat iqtisodiy maqsad yo‘lida foydalanishni niyat qilganini bir necha bor ta’kidlashiga qaramasdan AQSh, Ukraina, Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlari “Shimoliy oqim-2” qurilishini to‘xtatib qolishga harakat qilishmoqda.