ArMI-2021: O‘zbekistonda harbiy shifokorlar yana kuch sinashadi

O‘zbekistonda "Harbiy tibbiy estafeta" xalqaro bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Armiya o‘yinlari-2021 doirasida O‘zbekistonda "Harbiy tibbiy estafeta" xalqaro bosqichi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda RF Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
ArMI-2021 bellashuvi 22-avgustdan 4-sentabrgacha bo‘lib o‘tadi.
2020 yilda musobaqa O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgandi. O‘sha vaqtda jamoaviy bahsda O‘zbekiston jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi, 2-o‘rin Rossiya, 3-o‘rin Belarus jamoasi egalladi.