Rossiya TIV 20 nafar chexiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborishini e’lon qildi

Shu tariqa, Rossiya o‘z diplomatlarining Chexiyadan chiqarib yuborilishiga javob qaytardi.
Sputnik
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Rossiya TIV 20 nafar chexiyalik diplomatlarni persona non grata deb e’lon qildi. Ular 19-aprel oxirigacha mamlakatni tark etishlari kerak. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar qildi.
“Shuningdek, chex tomoniga Moskvadagi diplomatik vakolatxona xodimlari sonini Rossiyaning Chexiyadagi elchixonasi xodimlari soni bilan bir xilga keltirish talabi e’lon qilindi. Elchiga tegishli nota topshirildi”, - deyiladi Rossiya TIV bayonotida.
Rossiya TIV Chexiyaga norozilik bildirdi
Shu tariqa, Rossiya o‘z diplomatlarining Chexiyadan chiqarib yuborilishiga javob qaytardi. Avvalroq respublika 18 nafar rossiyalik diplomatlardan mamlakatni tark etishni talab qilgandi. Praga versiyasiga ko‘ra, ular Rossiya maxsus xizmat “xodimlaridir”. Bu qaror go‘yoki 2014-yili Vrebetitsedagi portlash tafsilotlari ochilishi bilan bog‘liq.
Rossiya TIV avvalroq bayonot berib, Praga “asossiz va uydirma bahonalar” bilan qabul qilingan qaror yuzasidan qat’iy norozilik bildirgan edi. Shuningdek, vazirlik Chexiyaning bu xatti-harakati javob qolmasliginini ta’kidlangandi.