TOShKENT, 19 apr — Sputnik. “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” va “Rangsiz tushlar” filmlari 20-26 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan “GoEast” (Festival of Central and Eastern Europan Film) xalqaro festivalida ishtirok etadi. Bu haqda Kinematografiya agentligi matbuot xizmati xabar qildi.
Filmlar “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan rejissor Yolqin To‘ychiyev va Ayub Shahobiddinov tomonidan suratga olingan.
Mazkur kinofestival har yili Markaziy va Sharqiy Yevropaning turli mintaqalaridan badiiy, hujjatli va animatsion filmlarni saralab oladi va turli nominatsiyalar bo‘yicha mukofotlaydi.
Shuningdek, Sobiq ittifoq tarkibiga kirgan davlatlar filmlari ham ishtirok etadi.
Kinokartinalar festivalning asosiy dasturidan tashqari konkurslarda ishtirok etadi va kinomutaxassislar tomonidan muhokamalar bo‘lib o‘tadi.