Moskvada qurilishda ishchilar yetishmasligi asosiy muammo bo‘lib qolmoqda

Sputnik
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Koronavirus pandemiya sabab yuzaga kelgan qurilish sohasida ishchi kuchi yetishmasligi Moskvada asosiy muammo bo‘lib qolmoqda. Bu haqda poytaxtning yangi hududlarni rivojlantirish departamenti rahbari Vladimir Jidkin ma’lum qildi.
“Sur’atlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, bizda biror bir yo‘nalishda susayish yo‘q, har yerda faqat o‘sish. Biroq avvalgidek koronavirus keltirgan asosiy muammolardan birini sezapmiz – bu ishchi kuchi yetishmasligi”, -dedi u.
Migrantlar kelishmadi: Rossiyada ishchilar yetishmasligi sabab ekin maydoni qisqartiriladi
Avvalroq Moskva shahar meri o‘rinbosari Vladimir Yefimov poytaxt hukumati bosqichma-bosqich migratsiya cheklovlarini bekor qilinishini kutayotgani ma’lum qilgan edi. Shu bilan birga hammasi epidemiologik vaziyaga bog‘liq bo‘ladi.
Matviyenko mehnat migratsiyasini tiklashga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi