Aholisining yarmi to‘liq emlangan Isroil ko‘chada niqob taqmaslikka ruxsat berdi

Shu bilan birga mamlakat SSV odamlar gavjum joyda niqob taqishni tavsiya qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Isroil Sog‘liqni saqlash vazirligi ko‘chada niqob taqib yurish talabini bekor qildi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar qildi.
“Butun mamlakat bo‘ylab kasallanish ko‘rsatgichi pastligicha qolmoqda, ochiq havoda niqob taqib yurish talabi bekor qilinadi”, - deyilgan xabarda.
Shu bilan birga SSV odamlar gavjum joyda niqob taqishni tavsiya qilmoqda. Bino ichida niqobda bo‘lish majburiyligicha qolmoqda.
Isroil dunyoda birinchi bo‘lib takroriy karantinni joriy qildi
Isroil 23-maydan koronavirusga qarshi emlangan xorijlik sayyohlar va COVID-19 bilan kasallangandan keyin antitanachalarga ega bo‘lganlar uchun chegaralarini ochadi. Isroil 8-apreldan koronovirusga qarshi emlangan xorijliklarga mamlakatdagi qarindoshlari holidan xabar olishga ruxsat berdi.
Isroilda aholini emlash 2020-yil dekabrida boshlangan. Hozirga kelib 9,3 million kishidan iborat aholining 50 foizi ikki dozali vaksina bilan koronavirusga qarshi to‘liq emlangan.
Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya boshlangandan buyon Isroilda 836 mingdan ziyod kishi koronavirus bilan kasallangan. 6,3 mingdan ziyod kishi COVID-19 dan vafot etgan.