TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Kecha, 17-aprel kuni, O‘zbekistonda yana 342 kishida koronavirus aniqlandi. Jami kasallanganlar soni 86 680 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.
Yangi kasallanganlarning 7 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 3 nafari Andijon viloyatida, 10 nafari Buxoro viloyatida, 8 nafari Jizzax viloyatida, 2 nafari Navoiy viloyatida, 3 nafari Namangan viloyatida, 29 nafari Samarqand viloyatida, 3 nafari Sirdaryo viloyatida, 1 nafari Surxondaryo viloyatida, 4 nafari Farg‘ona viloyatida, 1 nafari Xorazm viloyatida, 50 nafari Toshkent viloyatida, 221 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Mamlakatda kasallikdan jami 84 043 kishi (+205) sog‘ayib ketgan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 2 nafar bemor vafot etib, koronavirus qurbonlari soni 638 nafarni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1999 nafar bemordan 238 nafari og‘ir, 109 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.