TOShKENT, 17 apr – Sputnik. Markaziy razvedka boshqarmasi (SRU) Kuba inqilobi yetakchilaridan biri Raul Kastroga suiqasd uyushtirishni rejalashtirgan. Jorj Vashington universitetidagi Milliy xavfsizlik arxivi ushbu voqeaga doir hujjatlarni e’lon qildi.
Maxfiylik grifi olib tashlangan hujjatlarda aytilishicha, 1960-yilning 21-iyulida Raul Pragadan Gvineyaga qaytishi kerak bo‘lgan samolyot uchuvchisi su’iqasd bosh figurasi bo‘lgan.
Uchuvchiga rejalashtirilayotgan jinoyatda ishtirok uchun 10 ming dollar taklif etilgan. Uchuvchi agar halok bo‘ladigan taqdirda ikkala farzandi kollejga joylashtirilishi kafolati bilan bu ishga rozi bo‘lgan.
Hujjatda keltirilishicha, SRU uchuvchini ogohlantirish imkoni bo‘lmagan paytda operatsini bekor qilishga qaror qilgan. Sal keyin qaytgandan so‘ng uchuvchi Kubadagi SRU rezidentiga operatsiyani amalga oshirolmaganini, negaki bunga imkoniyat bo‘lmaganini ma’lum qilgan.
Raul Kastro – Kuba inqilobi muallifi Fidel Kastroning kenja ukasi va o‘ng qo‘li bo‘lib, yarim asr davomida kuba armiyasini boshqarib kelgan.
Akasi ketgach 2008-yildan 2018-yilga qadar davlat rahbari lavozimini egallagan. 2021-yilning 16-aprelida 89 yoshli Raul Kastro oxirgi va muhim lavozim – orol davlati Kompartiyasi rahbarligini tark etishi haqida bayonot