O‘zbekistonda karantin qoidalari yana kuchaytiriladi

Bog‘cha va maktablarda kasallanish holati aniqlangan taqdirda, ularning faoliyatini zudlik bilan to‘xtatiladi hamda 2 haftaga karantinga olinadi.
Sputnik
TOShKENT, 17 apr - Sputnik. Ertaga, 18-apreldan karantin qoidalari yanada kuchaytiriladi.
Bu haqda bosh vazir boshchiligidagi kengaytirilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Bog‘cha va maktablarda kasallanish holati aniqlangan taqdirda, ularning faoliyatini zudlik bilan to‘xtatiladi hamda 2 haftaga karantinga olinadi. Qayd etilishicha, ushbu vaqt mobaynida ular onlayn tartibida faoliyat yuritadi.
Umumiy ovqatlanish muassasalarida o‘rinlar 50 foizgacha cheklanadi, lekin 100 kishidan oshmasligi nazorat qilinadi. Avtobuslarda o‘rindiqlarning 50 foizgacha cheklanadi, avtobuslar soni ko‘paytiriladi.
1 maydan boshlab konsert tomosha dasturlarini yopiq madaniyat saroylarida o‘tkazish to‘xtatiladi.