O‘zbekistonda eng korrupsiyalashgan idoralar sanab o‘tildi

O‘zbekistonda korrupsiya holatlari bo‘yicha eng ko‘p shikoyatlar kelib tushayotgan tashkilotlar sog‘liqni saqlash, oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda qurilish vazirligi sohalarida.
Sputnik
TOShKENT, 16 apr - Sputnik. O‘zbekistonda eng korrupsiyalashgan muassasalar sanab o‘tildi. Birinchi o‘rinda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Bu haqida 15-aprel kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimi Bekzod Rahmonov javob berdi.
"Bugungi kunda korrupsion holatlar ko‘p qayd etilishi jihatidan eng yuqori o‘rinlarda quyidagi tashkilotlar:
Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
Qurilish vazirligi turadi.
Ushbu natija 2020-yilda to‘plangan statistik ma’lumotlarga asosan, sodir etilgan korrupsiyaviy harakatlar tahlili asosida shakllantirilgan.
Ayni damda ushbu uchta vazirlikni korrupsiyadan xoli idoraga aylantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda, - dedi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimi.