O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov vafot etdi

Azizov Mirza bugun 16-aprel kuni 58 yoshida vafot etdi.
Sputnik
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. O‘zbekiston xalq artisti, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri direktori Azizov Mirza Mamadjonovich bugun 58 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi xabar qildi.
Mirza Azizov yuksak darajadagi musiqali teatr aktori sifatida “Yusuf va Zulayho”da Fir’avn, “Farhod va Shirin” da Bahrom, “Nodirabegim” musiqali dramasida Madalixon, “Alpomishning qaytishi” spektaklida Alpomish obrazlari orqali tomoshabinlar mehrini qozongan edi.