Men har doim Samarqandni sog‘inaman – prezident

Samarqandni ulan islohotlar kutmoqda: Shahar 30 ming gektarga kengaytiriladi va hokimiyat shahar chetiga ko‘chiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 16 apr – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifi doirasida viloyatga rahbar bo‘lgan yillarini esga olib, o‘sha yillar va bugungi sharoitlarni taqqosladi.
- Men har doim Samarqandni sog‘inaman. Ko‘p joylarda ishladim, lekin bu viloyatda orttirgan tajribam juda ko‘p qo‘l keladi. U paytlar qo‘limiz kalta, imkoniyatimiz cheklangan edi. Shuni e’tiborga olib, har safar Samarqandga kelganimda o‘zimga savol beraman: hozirgi imkoniyatlarni o‘sha paytda qilish mumkinmidi?
Shuningdek, prezident Samarqandga tashrifi doirasida viloyat faolllari bilan uyushtirilgan uchrashuvda Samarqandda rivojlantirish kerak bo‘lgan 5ta sohani sanab o‘tdi.
Bular – sanoat, transport logistikasi, yirik industrial issiqxonalar, xizmat ko‘rsatish va turizm. Ushbu sohalarda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar aytib o‘tilib, mas’ullar belgilandi.
Undan tashqari, prezident Samarqand shahrini 1 million aholi yashaydigan shaharga aylantirish dasturi doirasida shahar hududini qo‘shni tumanlardan Yangikent, Siyob, So‘g‘diyona va Maroqand kabi hududlarini kiritish hisobiga 30,5 ming gektarga kengaytirish va shahar ma’muriyati Gulobod mahallasiga ko‘chib o‘tishini ta’kidladi.