TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko mehnat migratsiyasini tiklashga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, chegaralarni “doim yopiq” holda saqlashga qaror qilgan davlatlar na iqtisodiyotda, na pandemiyaga qarshi kurashda yuqori samaradorlikni ko‘rsata olmaydi.
Ikki kun avval O‘zbekiston Senat raisi Tanzila Norboyeva Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan uchrashgandi.
Unda Norboyeva yoshlar parlamentlari orqali hamkorlikni rivojlantirish, mehnat migrantlari manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashish bo‘yicha ishlarni davom ettirish hamda vatandoshlar bilan uchrashuv davomida ko‘tarilgan boshqa hal etish borasida to‘xtalib o‘tdi.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi o‘rtasida mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.