TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Yana 292 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 86 022 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi holatlar: Andijon viloyatida (2), Buxoro viloyatida (7), Jizzax viloyatida (2), Qashqadaryo viloyatida (2), Namangan viloyatida (3), Samarqand viloyatida (21), Sirdaryo viloyatida (3), Surxondaryo viloyatida (5), Farg‘ona viloyatida (2), Xorazm viloyatida (2), Toshkent viloyatida (37), Toshkent shahrida (206) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Sog‘ayish ko‘rsatkichi
Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 83 649 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foiz.
Ayni paytda 1738 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Emlash ko‘rsatkichi
Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 335 610 nafarga yetdi.
O‘lim holatlari
1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 635 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.
Dunyo salomatligi
Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 138,9 milliondan oshdi, 2,9 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (31,5 mln), Hindistonda (14,0 mln), Braziliyada (13,7 mln).