TOShKENT, 16 apr — Sputnik. 2022-yil noyabrda MDH Parlamentlararo Assambleyasi kengashi majlisi O‘zbekistonda o‘tkaziladi.
13-16 aprel kunlari RFga tashrifi doirasida O‘zbekiston parlamenti yuqori palatasi rahbari Tanzila Norboyeva MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasi Kengashining majlisida ishtirok etdi.
Kengash a’zolari 2021-yil 27-28 may kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan IX Neva xalqaro ekologik kongressi va 2021-yil 13-15 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan uchinchi Yevroosiyo ayollar forumiga tayyorgarlikning borishini muhokama qildi. Parlament a’zolari yanvar oyida bo‘lib o‘tgan saylov kampaniyalarini kuzatish natijalarini va boshqa qator masalalarni ham ko‘rib chiqdi.
MDHning yubiley sammitini Minskda o‘tkazish rejalashtirilgani ta’kidlandi. 2022-yil noyabrda MDH PA majlisini O‘zbekistonda o‘tkazishga kelishib olindi.