“Beldirsoy" oromgohi sotuvga qo‘yildi - u yerda nimalar bor?

Bo‘stonliq tumanidan ommaviy savdolarga chiqarilgan davlatning 3 ta yirik aktiviga press-tur.
Sputnik
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Ayni damda mahalliy va xorijiy OAVlari, jurnalistlar va blogerlar uchun Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidan ommaviy savdolarga chiqarilgan davlatning 3 ta yirik aktiviga press-tur boshlandi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.
Gornolijniy kompleks "Beldersay Oromgoxi"
Tashrifning birinchi obyekti – Dengiz sathidan 1700 metr balandlikda, Tan-Shan tizmasining etagida, Bo‘stonliq mintaqasining Beldirsoy traktida joylashgan “Beldirsoy” oromgohi chang‘i majmuasi.
Gornolijniy kompleks "Beldersay Oromgoxi"
Majmuaning umumiy yer maydoni 46,1 gektarni, bino va inshootlarning umumiy maydoni 9 628,0 kvadrat metrni tashkil etadi. “Beldirsoy” majmuasi bir vaqtning o‘zida 200 dan ortiq odamni qabul qilishi mumkin. Majmua hududida 19 ta kottej, 38 xonali mehmonxona, 80 o‘rinli ikkita restoran, 3 ta bar, yozgi va qishki basseynlar, 2 ta konferens-zal mavjud.
Gornolijniy kompleks "Beldersay Oromgoxi"
Birinchi tibbiy yordam shoxobchasi, badminton korti, Paint Ball, 2 ta tennis korti. “Beldirsoy” majmuasi 4 ta faslda ham ishlaydi.
“Beldirsoy” majmuasiga yaqin joyda taniqli “Kumbel” chang‘i yo‘lagi mavjud. Britaniyaning Observer nashri Beldirsoy tog‘-chang‘i kurortini dunyodagi ekstremal chang‘i va heli-chang‘i uchun eng yaxshi joylar ro‘yxatiga kiritgan. Keng chang‘i maydonlariga ega bo‘lgan yo‘l eng qiyin yo‘llardan biri.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ommaviy savdolarda ishtirok etish uchun arizalarni 2021-yil 30-aprelgacha qabul qiladi.