Uch oy ichida O‘zbekistonga 1,42 milliard dollar o‘tkazma jo‘natildi

O‘tkazmalar 2020-yilning mos davriga nisbatan 336 mln. dollarga yoki 31 foizga foizga oshgan.
Sputnik
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. 2021 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi qariyb 1,42 mlrd. dollarni tashkil etdi. Bundan Markaziy bank ma’lumotlari darak bermoqda.
Ta’kidlanishicha, bu 2020-yilning mos davriga nisbatan 336 mln dollarga yoki 31 foizga foizga oshgan.
O‘tgan yili O‘zbekistonga 6 mlrd dollardan ziyod pul o‘tkazmalari jo‘natildi
Shu bilan birga, chet elga yuborilgan xalqaro pul o‘tkazmalari miqdori 353 mln dollarga yetgan. Natijada transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo qariyb 1,06 mlrd dollarga yetgan.
Eslatib o‘tamiz, yanvar-fevral oylarida chetdan O‘zbekistonga 892 mln dollar jo‘natilgani xabar qilingan edi.