Qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun klaster qurish to‘g‘risida qaror 2017-yilda qabul qilingan, hozirda korxona bosqichma-bosqich o‘zining loyihaviy quvvatiga erishmoqda. Umumiy investitsiya qariyb 200 million dollarni tashkil etdi.
Hozirda zavod foydalanishga topshirish bosqichida, yuqori sifatli sementning birinchi partiyasi qabul qilingan. Keyingi bosqich - korxonaning barqaror ish faoliyatini tekshirish. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, 2021-yilning kuzida ishlab chiqarish rejalashtirilgan ko‘rsatkichlarga etadi.