TOShKENT, 15 apr – Sputnik. Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk O‘zbekistonga 14-aprel kuni uyushtirilgan tashrifi doirasida O‘zbekiston investitsiyalar va savdo vaziri Sardor Umurzakov bilan uchrashib ikki tomonlasa savdo-iqtisodiy aloqalar masalasini muhokama qildi.
Uchrashuv doirasida ikki davlat orasida savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish, savdo to‘siqlarini kamaytirish, Rossiya bozorlarini o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar uchun ochish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bojxona tariflari, soliq ma’muriyati, texnik nazorat, standartizatsiya, veterinar, sanitar va fitosanitar nazorati masalalari ham muhokama qilindi.
Rossiya tomonidan O‘zbekiston soliq ma’muriyati takomillashtirish borasida texnik yordam ko‘rsatish masalasida kelishuv imzolandi. Unga asosan Rossiya va O‘zbekiston orasida soliq ma’muriyati sohasida hamkorlikning ikkinchi katta bosqichi boshlanadi.
Ikkinchi bosqichda Rossiya O‘zbekistonga soliq ma’muriyatchiligida o‘zini yaxshi ko‘rsatgan texnologiyalarini, muvofiqlashtirilgan onlayn dastur majmualari “Onlayn-KKT” va “ASK NDS” dasturlarini yetkazib beradi. Ular yordamida QQS nazorat qilish, kameral tekshiruvlar samaradorligini oshirish imkoni paydo bo‘ladi.
Shuningdek, ushbu bosqichda ham, konsalting va texnik personalni tayyorlash, ma’lumotlarni qayta ishlash markazini Rossiyada ishlab chiqilgan IT-infratuzilma bilan jihozlash, rejalashtirilgan.
O‘zbekistonga yetkazib berilayotgan texnologiyalar budjet tizimining barqarorligini ta’minlash, iqtisod shaffofligini oshirish va vijdonli soliq to‘lovchilarga ma’muriy bosimni kamaytirishga xizmat qiladi, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yildan buyon ikki davlat orasida soliq ma’muriyati sohasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikning birinchi bosqichi amalga oshirilgan edi. Unda soliq ma’muriyatining biznes jarayonlarni reinjiniring qilish, soliq to‘lovchilari bilan mijozga qulay bo‘lgan ish tizimi tashkil qilish hamda ko‘chmas mulkka soliq solish tizimlarini takomillashtirish sohalari bo‘yicha tajriba almashilgan edi.
Shuningdek, soliqchilik borasida hamkorlikning birinchi bosqichida O‘zbekiston tomoniga ish yuritish metodikasi, rossiya server uskunalariga asoslangan sinov stendi va dasturlar yetkazib berilgan edi.
Undan tashqari O‘zbekiston Soliq xizmatining 166 nafar xodimlari Rossiya Federatsiyasi hududida malaka oshirishgan edi.