Shavkat Mirziyoyev Samarqandga jo‘nab ketdi

Prezident viloyatdagi o‘zgarishlar, aholi hayoti bilan yaqindan tanishadi.
Sputnik
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlardagi o‘zgarishlar, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.
Tashrif davomida shahar va tumanlardagi sanoat korxonalari, turizm majmualari, transport infratuzilmasi, yangi uylarni borib ko‘rish rejalashtirilgan.
Safarning ikkinchi kuni xalq deputatlari, aholi vakillari bilan yig‘ilish o‘tkazilib, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollari belgilanadi.