TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Rossiyadan mehnat migrantlarining pul o‘tkazmalari 2020-yil IV choragida o‘tgan davrga nisbatan 9,6 foizga kamaydi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Rossiya Banki ma’lumotlariga qaraganda 2020-yil so‘nggi choragida pul o‘tkazmalari faqat Belarus va Ukrainaga ko‘paygan. Bu davlatlarga o‘tkazmalar miqdori mos ravishda 30% va 1,6%ga ko‘tarilib, 110,3 va 159,8 million dollarni tashkil etdi.
MDHning qolgan davlatlari bo‘yicha salbiy dinamika kuzatildi.
Migrantlarning o‘tkazmalari Qozog‘iston 10%, O‘zbekiston 4 %ga kamaydi (summa 34,3 million va 913 million dollar).
O‘tgan yilning oxirgi choragida tojikistonlik mehnat migrantlari pul o‘tkazmalari 23,7 foizga kamaydi, jami 348,1 million dollar tashkil etdi.
Markaziy Osiyoning yana ikki davlati - Turkmaniston (25 foiz), Qirg‘iziston (20 foiz) kamaydi, 0,3 va 379,5 million dollar o‘tkazildi.