O‘zbekiston va Pokiston transport-logistika sohasida hamkorlikni chuqurlashtiradi

O‘zbekiston va Pokiston Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish, qo‘shni mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shish masalasida hamkorlik qilishga kelishib oldi.
Sputnik
TOShKENT, 15 apr – Sputnik. O‘zbekiston va Pokiston transport-logistika sohasida hamkorlikni chuqurlashtiradi. Ushbu masala Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Imron Xonning videoanjuman shaklidagi uchrashuvida muhokama qilindi.
Suhbat davomida, xususan ikki davlatning Transafg‘on temir yo‘lini strategik loyihasi doirasida amalga oshirilayotganm hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Premyer ministra Pakistana Imran Xan
Shuningdek, transport va tranzit sohasidagi ustuvor loyihalarni ilgari surish, tovar ayirboshlashni ko‘paytirish va ishlab chiqarish kooperatsiyasini kuchaytirish uchun qulay sharoitlarni yaratish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rish, jumladan, imtiyozli savdo to‘g‘risida bitim va iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish, qo‘shma ishbilarmonlik forumlarini o‘tkazish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Undan tashqari, O‘zbekiston va Pokiston orasida aviaqatnovlarni tiklash masalasi, o‘rganib chiqildi.
Uchrashuvda muhokama qilingan yana bir muhim masala - Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan tez fursatda hal etish masalalariga alohida to‘xtaldi. Ushbu mamlakatning jadal iqtisodiy tiklanishiga qaratilgan sa’y-harakatlar qo‘llab-quvvatlandi.
Uchrashuv yakunida Qo‘shma bayonot qabul qilindi hamda standartlashtirish va metrologiya, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda qator muhim hujjatlar imzolandi.