O‘zbekiston ilk bor dunyoning eng yaxshi davlatlari reytingiga kiritildi

Reytingni tuzishda qator mezonlar inobatga olingan. Mamlakat reytingda 78 mamlakat orasida 73-o‘rinni egallagan.
Sputnik
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. O‘zbekiston ilk bor dunyoning eng yaxshi davlatlari reytingiga kirdi. Reyting Amerikaning U.S. News & World Report jurnali tomonidan e’lon qilindi.
Mamlakat reytingda 78 mamlakat orasida 73-o‘rinni egallagan.
Respublika zanyala 73 mesto iz 78, obshiy rezultat sostavil 3,4 balla
Reytingni tuzishda sayohat, madaniy ta’sir, tadbirkorlik, biznes ochish imkoniyati, harbiy qudrat, yashash darajasi, ijtimoiy maqsad va boshqa mezonlar inobatga olingan.
Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston (72-o‘rin) ham reytingga kiritilgan. Qirg‘iziston va Tojikiston esa umuman kiritilmagan.
Ro‘yxat oxirida Ukraina (71-o‘rin) va Belarusni (75-o‘rin) ham joylashgan. Jurnal bu mamlkatlarda hamon korrupsiya muammosi hal etilmaganini ta’kidlagan.
Eng baxtli mamlakatlar-2021 ro‘yxatida O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?
Reytingda Rossiya 24-pog‘onani band qilgan.
Kanada, Yaponiya, Germaniya, Shveysariya va Avstraliya eng yaxshi beshlikka kiritilgan. AQShga esa faqat 6-o‘rin ravo ko‘rilgan.