TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Rossiyaning uchta agrosanoat majmui ittifoqi vakillari korxonalarga ishchi kuchi yetishmayotganini ma’lum qildi.
“Izvestiya” nashri xabariga ko‘ra, meva-sabzavot yetishtiruvchilari mehnat migrantlari kelishiga umid qilishgan, ammo ular yetishmasligi muammosiga duch kelishgan. Bugungi kunda soha kamida 30 ming kishiga muhtoj.
Gap shundaki, migrantlar pandemiya vaqtida vataniga qaytib ketishdi, qishloq xo‘jaligi ishlari boshlanishiga yopiq chegaralar sabab qaytib kela olishmadi.
Milliy meva va sabzavot ittifoqi direktori Mixail Glushkovning so‘zlariga ko‘ra, avvaliga ishchi yetishmasligi 100 ming kishiga baholangan, lekin ishchilarning katta qismini (70 foiz) mintaqalar o‘z kuchlari bilan jalb qila olishgan. Talabalar va ishsizlar jalb qilingan.
Rossiya Reza meva ittifoqi agar masala yaqin kunlarda hal qilinmasa, ishlab chiqaruvchilar keyinchalik hosilni qo‘ldan boy bermaslik uchun ko‘chatlar sonini keskin qisqartiradi. Chunki uni terib olishga odam bo‘lmaydi.
Reva meva tarkibiga kiruvchi xo‘jaliklar ehtiyoji bu mavsum uchun 2400 kishini tashkil etadi. Barcha meva xo‘jaliklariga esa 6 mingdan 10 mingacha mavsumiy chet el ishchilari kerak.
30-40 ming ishchi kuchi yetishmasligini Kartoshka ittifoqida ham tasdiqlashdi.
“Afsuski, do‘st mamlakatlardan keladigan ishchilar o‘rnini ichki kuchlar bilan to‘ldira olmaymiz. Talabalarni jalb qilish ham vaziyatdan chiqib ketishga yordam bermaydi”, - dedi Kartoshka ittifoqi apparati rahbari Tatyana Gubina.
Glushkovning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy aholini mavsumiy mehnatga jalb qilish muammoni to‘liq hal qilish imkonini bermaydi, chunki ko‘p ishlar maxsus ta’lim, tajriba va ko‘nikmani talab qiladi.
“O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari ishlagan paytda ularning o‘zi turar joyni ijara olishardi va oziq-ovqat bilan ta’minlashardi. Agar talabalar olib kelinsa, masalan, fermerlar kuchi bilan ularga shart-sharoit muhayyo qilmoq zarur”, - deya tushuntirdi u.