Hammasi Moskvaning “o‘zini tutishiga” bog‘liq: nemislar “Shimoliy oqim-2”ni to‘xtatadimi?

Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, gaz quvuri qurib bitkaziladi, lekin uni to‘liq ishga tushirishmaydi.
Sputnik
TOShKENT, 15 apr — Sputnik, Kseniya Melnikova. AQSh Germaniya bilan Donald Tramp davrida buzilgan munosabatlarini tiklashga qaror qildi. Pentagon rahbari Berlinga uchib kelib u yerdagi AQSh askaralri sonini oshirishga buyruq berdi va shu bilan birga AQSh ma’muriyati “Shimoliy Oqim-2”ga mutlaq qarshi ekanini bildirdi. Uning tashrifidan so‘ng nemislar loyiha qurilishini to‘xtatishdi.

Amerikacha ta’zim

Germaniya “Shimoliy Oqim-2” qurilishi borasida AQSh fikriga quloq soladi. Xususan, loyihani qurib bitkazishga moratoriy kiritadi. Bu haqida Germaniya mudofaa vaziri Annegret Kramp-Karrenbauer Pentagon rahbari Lloyd Ostin bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qildi.
Bu bilan AQSh ma’muriyati Bayden davrida Vashington Berlin bilan munosabatlarni tiklashni istashini ma’lum qildi. Germaniya ham bunga tayyor ekanini bildirdi.
Hozircha gaz quvurining 95% qurib bitkazilgan, yoki 2460 kmdan 2339 km tayyor bo‘lgan. Loyiha qurib bitkazilgan taqdirda Germaniya rossiya gazini ma’lum shartlar asosida sotib oladi. “Ular Moskvaning o‘zini tutishiga bog‘liq bo‘ladi”, - dedi Kramp-Karrenbauer.
AQSh “Shimoliy oqim-2”ga qarshi yangi sanksiyalar joriy etdi
Ostin bo‘lsa, AQSh ma’muriyati Boltiq dengizi tubi bo‘ylab o‘tkazilgan gaz quvuri qurib bitkazilishiga qarshi ekanini bildirdi. Lekin shu bilan birga u ushbu loyiha atrofidagi tortishuvlar AQSh-Germaniyaning yaqin munosabatlariga ta’sir qilmasligini bildirdi.
Kramp-Karrenbauer va uning Amerikalik hamkasabasi ShO-2dan tashqari boshqa muhim masalalarni ham muhokama qilishdi. Sobiq prezident Donald Tramp Germaniyani NATO oldida “ko‘p milliardli” qarzi borlikda ayblab u yerdan AQShning 9,5 mingdan 12 minggacha askarlarini olib chiqishni rejalashtirgan edi. Yangi ma’muriyat bo‘lsa, harbiylar sonini yanada oshirishni rejalashtirmoqda, atigi 500 kishiga bo‘lsa ham.
“Shimoliy Oqim-2” – Tramp davridan buyon Vashington va Berlin munosabatlarida eng asosiy to‘siq bo‘lib qolmoqda. AQSh ShO-2 Yevropa energetika bozorini ularning ta’siri ostidan olib chiqishidan va kelajakda YeI Rossiya gaziga qaram bo‘lib qolishidan xavotirda.
Gaz quvuri maxsus iqtisodiy hududlar va Germaniya, Daniya, Rossiya, Finlyandiya va Shvetsiya dengiz hududlari orqali o‘tgan. Kopengagen uzoq vaqt davomida gaz quvuri qurilishiga qarshi edi, lekin keyin rozi bo‘ldi. Germaniya eng boshidan loyihani “sof iqtisodiy” deb hisoblaydi va undan boshqa maqsadlarda foydalanmaslikka chaqirib kelmoqda. Lekin boshqa davlatlar bunday deb o‘ylamaydi. Loyiha tanqidi bilan ekologlar va “yashillar” chiqmoqda.
Yaqinda Deutsche Umwelthilfe (DUH) – tabiatni muhofaza qilish tashkiloti Gamburg sudida Germaniya Dengiz harakati va gidrografiya boshqarmasi tomonidan “Shimoliy oqim-2” qurilishi uchun berilgan ruxsatnomaning qonuniyligi ustidan ariza bergan edi.
AQShdan tashqari Ukraina va Polsha ham ushbu gaz quvuriga qarshi chiqmoqda. Ushbu davlatlar Rossiya gazini o‘z hududi orqali tranzit qilishni va buning otidan daromad olishni istaydi.
Chexiya, Latviya, Estoniya, Litva, Vengriya, Slovakiya, Ruminiya va Xorvatiya – ham Ukraina va Polshani qo‘llab quvvatlashmoqda, chunki ular energetika bozorida Moskva ta’siri kuchayib ketishidan xavotirda.

Tramp qarshiligi

Donald Tramp ShO-2 qurilishiga sanksiyalar yordamida faol qarshilik ko‘rsatgan edi. Uning atrofidagilar ushbu cheklovlar “loyiha yuragiga nayza sanchishiga” ishongan edi. 2017-yildan boshlab Tramp doimiy ravishda yangi va yangi sanksiyalar kiritishda davom etdi – zarba asosan loyihada ishtirok etayotgan xorijiy kompaniyalarga berildi.
Dastlab Rossiyaning “mudofaa va razvedka sektorlari” bilan hamkorlik qilayotgan amerikalik va yevropalik kompaniyalarni jazolovchi qonun qabul qilindi. Ikki yildan so‘ng AQShda imzolangan harbiy budjetda ham ushbu “Shimoliy oqim-2”ni to‘xtatib turish choralari belgilangan edi. Shundan so‘ng quvurla yotqizish bilan shug‘ullanuvchi Shveysariyaning Allseas kompaniyasi o‘z kemalarini Boltiq dengizining qurilish bo‘layotgan qismidan olib chiqdi.
AQSh Kongressi "Shimoliy oqim-2"ga qarshi yangi sanksiyalarni tasdiqladi
Yevropaliklarga bunday bosim yoqmadi, lekin ular qarshilik ko‘rsata olishmadi.
Oq uyga Bayden kelishi bilan u murakkab vaziyat oldida qoldi: Bir tomondan ikkala partiya ham “Shimoliy oqim-2”ga qarshi chiqmoqda, ikkinchi tomondan – yangi prezidentga Yevroittifoq bilan buzilgan munosabatlarni tiklash kerak edi. Ayniqsa Germaniya bilan.
Fevral oyining oxirida esa, loyiha bilan bog‘liq bo‘lgan “Fortuna” kemasi va uning mulkdori "KVT-Rus" kompaniyasi Amerikaning yangi sanksiyalar ro‘yxatiga tushib qoldi. Bu vaqtga kelib loyihada ishtirok etayotgan yevropaning 18ta firmasi ham Vashington po‘pisalari ostida undan chiqdi. Mart oyida AQSh ShO-2 ishtirokchilarini yangi sanksiyalar bilan qo‘rqitdi.
Berlin uzov vaqt davomida Vashington harakatlarini tanqid qilib keldi. U yerda ko‘pchillik loyiha qurib bitkazilishiga haligacha ishonadi. “Amerikada vaziyat qanday bo‘lmasin, ularning barchasi Rossiya va Germaniya orasida munosabatlar yaxshilanishini, tizimli va ishbilarmon tus olishini istamaydi. ShO-2 AQSh yangi ma’muriyatiga qaramasdan qurib bitkaziladi”, - deb hisoblaydi bundestaga deputati Valdemar Gerdt.
Kreml, Amerika tomonidan kiritilgan cheklovlar “Gazprom” ishini murakkablashtirishini tan oladi. 2021-yilning yanvar oyida imzolangan memorandumda “Gazprom” “vaziyat keskin o‘zgargan taqdirda” loyihani to‘xtatib turish yoki mutlaq bekor qilishni istisno qilmadi.
Umuman olganda, “Shimoliy oqim-2” Yevropa iqtisodi, xususan Germaniya uchun yutuqli loyiha”, - deb aytgan edi Vladimir Putin bir necha barobar. Ustiga ustak, Moskva yangi gaz quvurlari bilan bir vaqta Ukraina tranzitini saqlab qolishni ham va’da bermoqda. Bu ishda AQSh o‘z suyultirilgan gazini sotish uchun ham raqibni siqib chiqarayotganiga Rossiya ishonadi.

Tugatiladimi-yo‘qmi?

Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, gaz quvuri qurib bitkaziladi, lekin uni to‘liq ishga tushirishmaydi.
“YeIda qabul qilingan yangi qonunga muvofiq bir gaz yetkazib beruvchi transport infratuzilmasining 50%dan ortig‘ini egallay olmaydi” - deydi Rossiyaning Xalqaro ishlar bo‘yicha kengashi direktori Andrey Kortunov.
Kortunov aytishiga ko‘ra, gaz quvurini yopib qo‘yish, yoki AQSh tomonidan Germaniyaga kompensatsiya to‘lash kabi ssenariylar ham mavjud. Vashington Yevropada amerikaning suyultirilgan gazini qabul qiluvchi terminallar qurishga investitsiya kiritishi mumkin. Lekin bu tizim Bayden davrida qanday rivojlanshi noma’lum, chunki u slanes gazi qazib olishga qarshi.
AQSh nima uchun "Shimoliy oqim-2"ga to‘sqinlik qilmoqda - video
“Amerikaliklar shunchaki vaqtni cho‘zayotgan bo‘lishi ham mumkin. Merkel ketayapti u o‘z fikrini o‘zgartirmaydi. Kuzda Germaniyada bo‘lib o‘tadigan yangi saylovlarda “yashillar” vakili g‘olib chiqishi mumkin. U esa “Shimoliy oqim-2”ga nisbatan butunlay boshqa munosabatda bo‘lishi mumkin. O‘shanda loyiha o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘ladi”, - deb fikr yuritadi siyosatchi.
Rossiya Fanlar akademiyasining Germaniya izlanishlar markazi xodimi Aleksandr Kamkin xulosasiga ko‘ra, Pentagon rahbari tashrifi vaqtida Germaniya hukumatidan AQSh sulyutirilgan gazini sotib olishni talab qilgan.
“FRG gaz bozorini qisman diversifikatsiya qilish evaziga ShO-2ni qurib bitkazishga ruxsat oladi. Lekin gaz quvuriga qarshi siyosiy bosim saqlanib qoladi”, - dedi u suhbatda.
Germaniya mudofaa vaziri aytishiga qaraganda, nemis hukumati pozitsiyasini yakuniy deb baholamaslik kerak. Kramp-Karrenbauer Moskvaga nisbatan o‘zining keskin bayonotlari bilan tanilgan. Hozir AQSh va FRG o‘zaro kompromissga kelib munosabatlarni yaxshilashga harakat qilishmoqda. Buni qanday amalga oshirish hozircha noma’lum. ShO-2 qurilishiga moratoriy kiritish – muammoni hal qilish muddatini ortga surib qo‘yadi xolos.