COVID-19 ga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani onlayn olish mumkin

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) yangi xizmatni yo‘lga qo‘ydi.
Sputnik
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. COVID-19 ga qarshi emlangan O‘zbekiston aholisi endilikda bu haqdagi ma’lumotnomani onlayn - Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali olishlari mumkin.
YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tish, “COVID-19 ga vaksinatsiyalash holatini tekshirish” xizmatini tanlash va tekshirish tugmasini bosish zarur.
“Yaqin kunlarda mazkur yo‘nalishda yangi xizmatlarni kutib qoling”, - deyilgan portal xabarida.
O‘zbekistonda 1-apreldan aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlandi. Aholi “AstraZeneca” va “ZF-UZ-VAC2001” vaksinalari bilan emlanmoqda. Shuningdek, “Sputnik V” vaksinasining 1 million dozasini xarid qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
14 aprel holatiga ko‘ra mamlakatda koronavirus qarshi jami 300 854 kishi emlangan.