Rossiya O‘zbekistonning 17ta korxonasidan pomidor importiga ruxsat berdi

O‘tgan yilning noyabr-dekabr oylarida Farg‘ona, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlaridan, Rossiyada pomidor va qalampir olib kirishni ta’qiqlab qo‘yilgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Rosselxoznadzor Farg‘ona, Qashqadaryo va Navoyi viloyatlaridan 17ta korxonadan pomidor va qalampir importiga ruxsat berdi.
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini inspeksiyasidan Farg‘ona, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarining 17ta korxonasi, pomidor jigarrang virusi (Tomato brown rugose fruit virus)dan xoli ekani haqida olgan ma’lumotiga asosoan, Rosselxoznadzor 2021-yilning 14-aprelidan boshlab, O‘zbekiston mutassadi organi garantiyasi asosida, Rossiyaga ushbu korxonalardan pomidor va qalampir olib kelishga ruxsat berdi”, - deyilgan rasmiy xabarda.
Muassasa sahifasida yuqorida aytib o‘tilgan 17ta korxonaning to‘liq ro‘yxati ham keltirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Rosselxoznadzor 2020-yilning noyabr - dekabr oylarida O‘zbekistonning Farg‘ona, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlaridan, Rossiyada karantin ro‘yxatiga kiritilgan obyektlar aniqlangani tufayli, pomidor va qalampir olib kirishni ta’qiqlab qo‘ygan edi. Shundan so‘ng ayrim korxonalarga ruxsat berilgan edi.