Norboyeva va Matviyenko mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi

Tanzila Norboyeva boshchiligida O‘zbekiston delagatsiyasining Rossiyaga tashrifi davom etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Senat raisi Tanzila Norboyeva Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan uchrashdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Matviyenko O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) kuzatuvchi maqomini olganligini mamnuniyat bilan qarshi oldi. Ushbu tashkilot bilan o‘zaro hamkorlik O‘zbekiston-Rossiya munosabatlariga yangicha turtki berishi ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy, ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda hududlararo aloqalarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shu nuqtayi nazardan, ikkinchi Hududlararo hamkorlik forumini o‘tkazish muhimligiga urg‘u berildi.
Gender tengligi masalalarida O‘zbekiston Rossiyadan o‘rnak olmoqda – Norboyeva
Uchrashuvda Norboyeva yoshlar parlamentlari orqali hamkorlikni rivojlantirish, mehnat migrantlari manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashish bo‘yicha ishlarni davom ettirish hamda vatandoshlar bilan uchrashuv davomida ko‘tarilgan boshqa hal etish borasida to‘xtalib o‘tdi.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi o‘rtasida mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.