Mehnat migrantlari har 3-yilda rus tilidan imtihon topshiradi

Mehnat migrantlari har 3-yilda rus tili, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihon topshirishi kerak.
Sputnik
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Mehnat migrantlari har 3-yilda rus tili, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihon topshirishi kerak.
Rossiya hukumati qaroriga ko‘ra, rus tili, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihondan o‘tish sertifikatining amal qilish muddati, maqsadiga qarab qo‘yidagicha belgilanadi: ishlash uchun ruxsatnoma yoki patent uchun – 3-yil;
Vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma (RVP) – 3-yil;
Yashash guvohonomasi uchun – muddatsiz.
Moskva bosqichma-bosqich migratsiya cheklovlarini bekor qiladi
Rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi asoslari bo‘yicha kompleks imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlik bo‘yicha sertifikat migrantlarga ishga joylashish, yashash guvohnomasi (VNJ) va vaqtinchalik yashash uchun ruhsatnoma (RVP)ni olish uchun zarur.
Chet elliklar imtihonlarni ta’lim tashkilotlarida va Rossiya oliygohlarida topshiradilar.