Investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Rahimov Baxtiyor Abdug‘ani o‘g‘li investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Rahimov Baxtiyor O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Tegishli qarorga prezident imzo chekdi.
Tayinlovga qadar Rahimov O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Davlat bojxona qo‘mitasida turli lavozimlarda ishlab kelgan.
Davlat bojxona qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
U yangi lavozimida Eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimining samarali ishlashini ta’minlash, tarmoq va hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish, tashqi bozorlarda kompleks marketing siyosatini olib borish, shuningdek, transport-kommunikatsiya va logistika salohiyatini va xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish masalalarini muvofiqlashtirishga mas’ul bo‘ladi.