Gender tengligi masalalarida O‘zbekiston Rossiyadan o‘rnak olmoqda – Norboyeva

Matviyenko aytishiga qaraganda Rossiyada O‘zbekistonning ikki davlat orasidagi munosabatlarni kengaytirish va chuqurlashtirishga bo‘lgan qiziqishini his qilishmoqda va Moskva ham ushbu yo‘nalishda harakat qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston parlamentlari ikki davlat prezidentlari tomonidan imzolanishi kutilayotgan ikki tomomnlama shartnomalarni amalga oshirishda ishtirok etishni rejalashtirishmoqda. Bu haqida Rossiya Federatsiya Kengashi spikeri Valentina Matviyenko O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashuvda xabar qildi RIA Novosti xabariga asosan.
Bularning barchasi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan davlat tashrifi arafasida juda muhim ahamiyatga ega. Tashrif munosabati bilan bir qator muhim hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. Parlamentlarimiz ham bunga o‘z hissasini qo‘shadi deb o‘ylayman.
Valentina Matviyenko
Federatsiya Kengashi spikeri
Federatsiya Kengashi raisi O‘zbekiston Senati delegatsiyasi tashrifi parlamentlararo aloqalarini rivojlantirish ikki davlat munosabatlari rivojlanishiga yangi impuls qo‘shishiga ishonch bildirdi.
Matviyenko aytishiga qaraganda O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari ko‘p jihatdan o‘zaro ishonchli hamkorlik xarakteriga ega. Shuningdek Federatsiya Kengashi spikeri Tanzila Norboyeva bilan o‘zining shaxsiy munosabatlarini yuqori qadrlashini aytib o‘tdi.
Norboyeva aytishiga qaraganda, O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifi doirasida O‘zbekiston-Rossiya hududlararo forumi ham bo‘lib o‘tadi va unda ikki davlat parlamentlarining yuqori palatalari vakillari uchrashadi.

“Iqtisodiy munosabatlar, ijtimoiy va gender tengligi masalalarida biz ko‘p sohada Rossiyadan o‘rnak olmoqdamiz. Sizning ishingizni kuzatib turib hukumatni nazorat qilish borasida yangi yo‘nalishlar kiritmoqdamiz

Tanzila Norboyeva
O‘zbekiston Oliy Majlis Senati raisi
Matviyenko ham o‘z navbatida Rossiyada ham O‘zbekistonda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatib borayotganini, u yerda amalga oshirilayotgan kuchli iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ilohotlardan hamda O‘zbekistonning dunyo oldida ochilayotganidan xursand bo‘lishayotganini ma’lum qildi.