Bayden Putinga uchrashishni taklif qildi

AQSh va Rossiya prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
Sputnik
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden va Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qildi Oq uy.
Suhbat chog‘ida Bayden rossiyalik hamkasbiga uchrashini taklif qilgan.
AQSh yetakchisining taklifiga ko‘ra, uchrashuv yaqin oylarda uchunchi mamlakat bo‘lib o‘tishi mumkin.
AQShning Rossiya bilan hisoblashishiga to‘g‘ri keladi – Putin
Rejalashtirilayotgan uchrashuvning asosiy mavzusi Rossiya va AQSh o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatning qator masalalarini muhokama qilish bo‘lishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, Bayden suhbat davomida Rossiya va Ukraina chegarasidagi vaziyat keskinlashishidan xavotir bildirgan.