TOShKENT, 14 apr — Sputnik. AQSh 11-sentabrgacha Afg‘onistondan barcha qo‘shinlarini olib chiqib ketishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalistlarga AQSh ma’muriyatining yuqori lavozimli vakili ma’lum qildi.
“Biz qolgan qo‘shinlarni 1-maygacha tartibga solingan holda olib chiqishni boshlaymiz va barcha qo‘shinlarni mamlakatdan 11-sentabrgacha olib chiqib ketishni rejalashtirapmiz”, - degan u. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Vakil, Baydenning fikricha, qo‘shinlarni tez va muvofiqlashtirmagan tarzda olib chiqib ketish AQSh va uning ittifoqchilari uchun xavf bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
Shu bilan birga, amaldor Qo‘shma Shtatlar mintaqadagi terrorchilik xavfini kuzatishda hamda Afg‘oniston “terrorchilar hujum uyushtirish mumkin bo‘lgan” baza uchun maydon sifatida bo‘lmasligi ustida ishlashda davom etishini qo‘shimcha qilgan.
Avvalroq Vashington o‘z qo‘shinlarini 1-maygacha olib chiqib ketishni rejalashtirgan edi. AQSh prezidenti Jo Bayden bitim muddatiga rioya qilish va Afg‘onistondan qo‘shinlarni oxirgi bahor oyi boshiga olib chiqib ketish qiyin bo‘lishini ma’lum qilgan edi. U buni “taktik sabablar” bilan izohlagan edi. Shu bilan birga, Amerika yetakchisi qo‘shinlarni u yerda ko‘p muddatga qoldirmoqchi emasligini ta’kidlagan edi.