Red Wings O‘zbekistonga parvozlarni boshlashi mumkin – Manturov

Ayni damda Red Wings aviatsiya parki to‘rt SSJ100 samolyotlaridan iborat, aprel oxirida ularga yana uchta samolyot qo‘shiladi.
Sputnik
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Rossiyaning Red Wings aviakompaniyasi Yekaterinburg va Chelyabinskdan O‘zbekiston shaharlariga parvozlar amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Ushbu parvozlarda SSJ100 - Sukhoy Superjet samolyotlaridan foydalanishi mumkin, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Red Wings Yekaterinburg va Chelyabinskdan O‘zbekistonning yirik shaharlariga, jumladan Toshkent va Samarqandga ham parvozlar amalga oshirishni rejalashtirgan. Aviakompaniya rahbarlari yaqinda Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Innoprom” ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston hukumati bilan tegishli muzokaralarni o‘tkazdi. O‘zbekiston tomonidan ham ushbu yo‘nalishlarda aviaaloqa o‘rnatishga qiziqish bor.

Denis Manturov
Rossiya sanoat va savdo vaziri
Parvozlar amalga oshirila boshlashining aniq sanasi Rossiya hukumati tomonidan ushbu yo‘nalishlarga parvozlar amalga oshirishga ruxsat berilganidan so‘ng belgilanadi.
Ayni damda Red Wings aviatsiya parki to‘rtta SSJ100 - Sukhoy Superjet samolyotlaridan iborat. Aprel oxirida ularga yana uchta samolyot qo‘shilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda O‘zbekiston va Rossiya orasida doimiy jadvalga asosan haftasiga ikki marotaba parvozlar amalga oshirilmoqda. Qolgan parvozlar esa – maxsus charter reyslar hisoblanadi.
Doimiy parvozlar: Rossiyaning Aeroflot kompaniyasi tomonidan "Moskva — Toshkent — Moskva" yo‘nalishida har yakshanbada kunia amalga oshiriladi. UzAirways tomonidan esa — "Toshkent — Moskva — Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha har shanba kunlari amalga oshiriladi.