O‘zbekiston-Qozog‘iston: mehnat migrantlari to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida mehnat faoliyati va mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim kuchga kirdi.
Sputnik
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida mehnat faoliyati va mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim kuchga kirdi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV "Dunyo" axborot agentligi.
Hujjat 2019-yil 15-aprelda Toshkent shahrida imzolandi. Qozog‘iston uni bir yildan so‘ng, O‘zbekiston - 2021-yil mart oyida ratifikatsiya qildi.
Bitim qo‘shni ikki davlat o‘rtasida noqonuniy mehnat faoliyatini oldini olish, migrantlar uchun mehnat faoliyati tartibi va ularga maosh to‘lashni tartibga solishni nazarda tutadi.
Rossiyada migrantlar uchun 3ta asosiy maqom joriy etiladi
Bitim asosida mehnat migrantlariga jarohat, kasallik yoki mehnat majburiyatlarini bajarishi vaqtida sog‘liqqa yetkazilgan zarar tufayli xodimga kompensatsiya, bepul kafolatlangan tibbiy yordam taqdim etiladi.
Bundan tashqari, mehnat migrantlari pedagogik, tibbiyot yoki farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanganda, ular qabul qiluvchi davlat qonunchiligida belgilangan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibidan o‘tadilar. Bitimda pensiya va ijtimoiy ta’minot ham ko‘zda tutilgan.
Rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, 1,6 milliondan ortiq odam (iqtisodiy faol aholining 20 foizga yaqini) O‘zbekistondan tashqarida ishlaydi, Rossiyada 1,1 million, Qozog‘istonda - 200 mingdan ortiq fuqaro.